Jaholatga_qarshi_ma’rifat

🔰 Bugun Termiz shahridagi San’at saroyida Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

⏺️ Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M.Joniyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mas’ullari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

⏺️ Uchrashuv davomida talabalar diniy bag‘rikenglik, ma’rifatning ahamiyati, inson huquq va qadr-qimmati, shuningdek milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

⏺️ Tadbir yakunida yoshlar bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning ular hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.