
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘yinlarda va botil ishlar vaqtida hozir bo‘lishdan qaytardilar».
Alloh taolo bandalarni behuda ishlar uchun yaratmagan va behuda, befoyda ishlar uchun o‘z holiga qo‘yib qo‘ymagan. Balki, Alloh taolo bandalarini O‘ziga ibodat qilish uchun yaratgandir. Agar banda bekorchi ishlar bilan shug‘ullansa, o‘ziga ham, birovga ham foydasi yo‘q ishlar bilan mashg‘ul bo‘lsa, ertaga u banda hasratu nadomatda bo‘ladi, o‘tkazib qo‘ygan umri uchun achinadi. Agar banda dunyo va oxirat ishlarini Alloh uchun deb qilsa, bu uning foydasiga bo‘ladi, zarariga bo‘lmaydi. Hamda bunday ishning savobi doimiydir.
Endi boshqa bir odam kelib bu o‘yinda va botil ishda sherik bo‘lsa, bu holda bu ishni birov ko‘rmasa ham uni riyo bilan qilgan bo‘ladi.
✍️Hakim Termiziyning «Qaytarilgan amallar» («Al-Manhiyyot») asaridan