Yolg‘on kasam haqida

by Matbuot xizmati
170 👁️

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yolg‘on qasam ichishdan qaytardilar” va bunday dedilar: “Kimki achchiq yolg‘on bilan qasam ichsa, bu ishi bilan musulmon kishining obro‘sini to‘ksa, Alloh taologa yo‘liqqanda Alloh taolo unga g‘azab qilgan holatda bo‘ladi”.

(Bu hadis Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Ibn Moj- ja, Imom Ahmadning hadis kitoblarida kelgan.)

Biz yuqorida qayd qilganimizdek, yolgon Alloh taolo bor qilgan narsani bo‘lmagan deb da’vo qilishdir. Bunday odam Alloh taologa nisbatan bo‘xton qiluvchidir. Endi buning ustiga bu xususda yolg‘on qasam ham ichsa, inkorini Allohning ismi bilan ta’kidlashni istagan bo‘ladi. Bu esa qo‘rslik ustiga qo‘rslik bo‘ladi. [Bu o‘rindagi] sabr esa mana shu qo‘rslik bilan, qalbi cho‘chimasdan va qo‘rqmasdan [bir narsani] Alloh taolo bor qilmagan deb ta’kidlab turib olishdir. Bunday odam Allohning buyuk ismi bilan o‘z yolg‘onini isbotlashga urinadi. Bu [nokas] shu yo‘l bilan Alloh taolo uning bir birodariga rizq qilib bergan moli dunyosidan bir parchasini qirqib olishni istaydi. Shuning uchun bu boradagi ko‘rsatma qattiq bo‘ldi. Bunday ish Allohning g‘azabiga munosib topildi.

Rivoyat qilishlaricha, Alloh taolo “Ey Muso, mening nomim bilan yolg‘on qasam ichma! Ismim bilan yolg‘on qasam ichgan kimsani qattiq xushsizlik holatiga (“Siqol al-filut”)ga tashlayman”, – dedi. Muso (alayhissalom) “Ey Robbim, filut nima?” dedilar. Alloh taolo “Filut sharob ichmasdan mast bo‘lishdir”, – dedi.

Alloh taolo hushini olib qo‘ygan kimsaning nimasi qoladi? Alloh taoloning unga bo‘lgan g‘azabidan hushini yo‘qotib mast holda uning huzuriga kelgan kimsani ahvoli qanday ham bo‘lardi?

✍️Hakim Termiziyning «Qaytarilgan amallar» («Al-Manhiyyot») asaridan

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика