“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

by Matbuot xizmati
150 👁️

#Tadbirlar_2025

🔰Bugun, 2025 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Surxondaryo viloyati otinoyilari o‘rtasida tadbir tashkil etildi. Unda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, soha xodimlarining intellektual salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⏺️Tadbir davomida otinoyilar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni sahnaviy ko‘rinishlar orqali namoyon etdilar.

📚Shuningdek, tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan otinoyilarga Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar hamda estalik sovg‘alar taqdim etildi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика