Tadbirlar_2026

by Matbuot xizmati
24 👁️

🧊Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Milliy yuksalishning Yangi O‘zbekiston modeli” maxsus kurs dasturi doirasida “Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💬Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M.Joniyev, Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.Toshqulov, Imom Termiziy nomidagi islom instituti rektori K.Islomov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

🧊Tadbir davomida yoshlar va talabalarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Tadbir yakunida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev mehmon Abduqodir Toshqulovga Markaz tomonidan yangi nashr etilgan yangi kitob va risolalar to‘plamini esdalik sifatida taqdim etdi.

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика