
Eʼlon
#Konferensiya
📣 DIQQAT, EʼLON!
🔰2026-yil 26-fevral kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Ubaydulla Uvatov xotirasiga bag‘ishlangan “Manbashunoslik maktabi: tarix va zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi I respublika ilmiy konferensiya tashkil etiladi.
🇺🇿 Unda yurtimizning taniqli ulamolari, yetuk olimlar, nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
😀 Konferensiyada manbashunoslik sohasining rivojlanishi: Ubaydulla Uvatov ilmiy merosi, tarixiy manbalar tahlili va zamonaviy yondashuvlar hamda sohaga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan maʼruzalar tinglanadi.
📣 Mazkur konferensiyaga barcha OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlarni taklif etamiz!
✍️ Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati