
💠🗣 Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida “Termiziylar avlodimiz ” shiori ostida “O‘zbekiston — buyuk allomalar yurti” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

⌛Tadbirda oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Markaz xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamahmatov Karomiddin ma’ruza qildi.

✅Seminar davomida Markaz tomonidan chop etilgan kitob va risolalar, shuningdek, Termiziy allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
💠Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur seminar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
✅Ushbu seminar ishtirokchilar uchun ma’naviy bilimlarni boyitish bilan birga, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bo‘lgan qiziqish va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati