Imom Termiziyning ustozi – Abu Is’hoq Javzjoniy ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun

by Matbuot xizmati
27 👁️

📅 2025 yil 4 dekabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Imom Termiziyning ustozi – Abu Is’hoq Javzjoniy ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.


🔰 Seminarda Afg‘onistondagi Javzjon universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori doktor Muhammad Akram Hakim asosiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida Abu Is’hoq Javzjoniyning hayoti va ilm yo‘li, uning yashagan muhitidagi ma’naviy muhit, shuningdek, ustoz-shogird an’analari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirdi.
📖 Ma’ruzada Abu Is’hoq Javzjoniyning Imom Termiziy shakllanishidagi o‘rni, uning tasavvufiy qarashlari, ruhiy tarbiya haqidagi ta’limotlari hamda asarlarining bugungi kundagi dolzarbligi batafsil yoritildi. Shuningdek, uning fikrlari nafsni poklash, qalbni tarbiyalash va sof e’tiqodni shakllantirishdagi o‘rni haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.
📌 Doktor Akram Hakim ma’ruzasida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidlab, Imom Termiziy merosini o‘rganishda Abu Is’hoq Javzjoniy o‘ta muhim manba ekanini alohida qayd etdi.

💬 Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan qator savollar berildi, fikrlar almashildi va mavzu yuzasidan ilmiy mulohazalar bildirildi. Ochiq mulohaza va bahs-munozaralar orqali mavzu yanada keng qamrovda yoritildi.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика