Hakim Termiziy ziyoratgohida — Termiziylar merosini targ‘ib etuvchi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

by Matbuot xizmati
19 👁️

✅Hakim Termiziy ziyoratgohida — Termiziylar merosini targ‘ib etuvchi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

📚 Hakim Termiziy ziyoratgohida ziyoratga tashrif buyurgan aholi uchun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar keng jamoatchilikka tanishtirildi. Taqdimot jarayonida ziyoratgohga kelgan mehmonlarga Markaz olimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy-amaliy nashrlar, ularning mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishtirildi.

🎚Tadbir davomida ayniqsa, Hakim Termiziyning ilmiy merosi, uning tasavvuf, axloq, ruhiyat va ma’rifat borasidagi o‘lkan g‘oyalari haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Termiziy allomalarining asarlari, ularning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, zamonaviy ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

🎚Taqdimotda ishtirok etganlar har bir kitobning ahamiyati, o‘quvchiga beradigan ruhiy-ma’naviy saboqlari, uning ilmiy asoslari va tarixiy qiymati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, bunday ma’rifiy tadbirlar ziyoratgohda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика