#Tadbirlar
#Diniy_bag‘rikenglik

🔰Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy nomidagi islom instituti hamda “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Diniy bag‘rikenglik — tinchlik va totuvlik garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimi O. Sevarov, ta’lim muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Boboqulov, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.
🗣 Davra suhbatida yurtimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda barcha din vakillariga yaratilayotgan teng huquq va imkoniyatlar, vijdon erkinligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.

💬 Tadbir davomida talabalarga bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik va totuvlik qadriyatlarini chuqur anglash, ularni hayotda keng targ‘ib etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdagi muhim omil ekani ta’kidlandi.
✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati