✔️Termiz davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

by Matbuot xizmati
101 👁️

Bugun Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Shofiyev, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoshlar ongida vatanparvarlik, bag‘rikenglik va adolat kabi milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, jaholat va yot g‘oyalarga qarshi ilm-ma’rifat bilan kurashish, inson huquq va erkinliklarini e’zozlashning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика