#konferensiya

by Matbuot xizmati
84 👁️

✅Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

✅Konferensiya doirasida dunyoda kechayotgan global jarayonlar fonida islom dinini to‘g‘ri talqin etish, konfessiyalararo muloqotni mustahkamlash va yoshlarda ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅Anjuman “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi tashabbusi bilan onlayn va oflayn tarzda o‘tkazildi.

✅Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev “Globallashuv jarayonida radikallashuv va uni bartaraf etish nazariyalari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. U o‘z chiqishida radikal g‘oyalarning kelib chiqish sabablari, ularga qarshi kurashishning ilmiy va ma’rifiy asoslari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика