✅Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bemorni ziyorat qilsa yoki Alloh uchun birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Yaxshi bo‘lding, yurishing ham yaxshi bo‘ldi va jannatdan o‘zingga manzil hozirlading», – deydi», – dedilar».