
Annotatsiya. Ushbu maqolada Imom Termiziyning «Sunani Termiziy» asari, uning bunday nomlanish sababi, mazkur kitobning «Jomi’» ekani, o‘zida 8 mavzudagi hadislarni qamrab olgani, kitobning to‘liq nomi hamda o‘ziga xos xususiyatlari bayon qilingan. Bundan tashqari, Imom Termiziyning bir bobdagi hadislarga yondashuvlari hamda tutgan uslublari, qo‘llagan iboralari, roviylarning ism, kunya, laqablarini batafsil keltirganlari, faqih va mujtahidlarning o‘sha hadisga munosabatlarini to‘liq yoritganlari zikr qilingan.
Kalit so‘zlar: «Sunani Termiziy», «Al-Jomi’», «Al-jomi’ al- muxtasar min as-sunani an Rosulillahi sallollohu alayhi vasallam ma’rifat as-sohihi va al-ma’luli va alayhi amal», «Al-ilal», tahvil, hasan-sahih, As-Sunobihiy
Abstract. In this article, Imam Tirmizi’s work «Sunani Tirmizi», the reason for its name, the fact that this book is «Jome», that it contains hadiths on 8 topics, the full name of the book and its characteristics are described. In addition, Imam Tirmidhi’s approaches to the hadiths in one chapter, his methods, expressions, the names, nicknames, and nicknames of the narrators are mentioned in detail.
Keywords: «Sunani al-Tirmidhi», «Al-Jame’« «Al-jame’ al-mukhtasar min as- sunani an Rasulillahi sallallahu alayhi wasallam marifat as-sahihi wa al-maluli wa alayhi amal», «Al-ilal», tahwil , hasan-sahih, Al-Sunabihi
Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as-Sulamiy at-Termiziy al-Bug‘iy rahmatullohi alayh butun insoniyat jamiyati uchun bebaho xazinadir. O‘zining 70 yillik umri davomida «Sunan», «Ilal» hamda
«Shamoil» kabi asarlarini yozib qoldirdi. Xususan, «Sunani Termiziy» («Jomi’us sunan») asari hadis ilmi va uning istilohlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Muhaddisning mazkur kitobi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning 8 mavzudagi hadislarini jamlagan. Ular: aqoid, tafsir, fiqhiy hukmlar, siyrat, manoqiblar, odoblar, fitnalar hamda Qiyomat alomatlari. Shu jihatdan «Jomi’» – 8 mavzudagi hadislarni jamlovchi kitobdir. Hadislarning ketma-ketligi fiqhiy masalalar, masalan, Tahorat kitobi, Namoz kitobi kabi tarzda tartiblanishiga ko‘ra «Sunan»dir. «Kutub as-sitta» – «Olti hadis to‘plami» ichida 5-o‘rinda, «sunan» kitoblari orasida 3-o‘rinda turadi.
Kitobning to‘liq nomi:
لمعلا هيلع ام و لولعملا و حيحصلا ةفرعم و ﷺ الله لوسر نع ننسلا نم رصتخملا عماجلا
Al-jomi’ al-muxtasar min as-sunani an Rosulillahi sallollohu alayhi vasallam ma’rifat as-sohihi va al-ma’luli va alayhi amal»542
Asarda kelgan hadislarning umumiy sanog‘i takrori bilan 4300 ta. Asar o‘ta qimmatli bo‘lib, Imom Termiziyning chin ma’nodagi san’ati va mahoratini o‘zida mujassam qilgan. Ismoil Haraviy aytadi: «Jomi’»ning manfaati barchaga teng yetib boradi». Imom Termiziy o‘zlari esa:
مُ َّلكَ َت ي
ِب هِ ِتيْ َب يف ن
أكَف ع
مِ اج
لا ينِ ع
باَتكِ لا اَذه
هِ تِ يْ ب يفِ ناك
نم و
«Kimning uyida ushbu kitob bo‘lsa, xuddiki uning uyida Payg‘ambar
gapirayotgandek bo‘ladi», deya ishonch bilan aytganlar.543 «Tuhfatul Ahvaziy sharhi Sunani Termiziy» kitobida Qozi Abu Bakr Arabiy aytadi: «Hadis kitoblari ichida Abu Isonikidek halovati shirin, nafosati jozibador hamda xushta’mi betakrori topilmaydi. Unda 14 xil ilm bor. Amal qilish va ko‘ngil xotirjamligiga o‘ta mosdir. Sanad keltirdi; sahihlarni ko‘rsatdi va zaiflarni ajratdi; hadis yo‘llarini keltirdi; jarh va ta’dil qildi; roviylarning ismi va kunyasini aniqladi; uzviy va uzilgan sanadni tartibladi. Amal qilinadigani va tark qilinadiganini bayon qildi. Ulamolarning ixtilofi o‘rin olgandir».544
Bundan tashqari «Sunani Termiziy» asarining boshqa kitoblarda uchramaydigan o‘ziga xos xususiyatlari ham bor:
- Ushbu kitobda hadislar juda kam takrorlangan
- Imom Termiziy o‘ziga ma’lum faqih va mujtahidlarning dalillarini to‘plashga harakat qilgan. Har bir faqihning dalili alohida bobda keltirilgan.
- Har bir bobda faqih va mujtahidlarning fiqhiy qarashlari, bobdagi hadisdan chiqadigan hukm aytib ketilgan. Uni o‘qigan kishi fiqhga tegishli
«ahkom» hadislar va fiqhiy qarashlarning katta zaxirasiga ega bo‘ladi.
- Imom Termiziy har bir hadisni keltirar ekan, uning sahihlik va zaiflik darajasini hassoslik bilan keltiradi.
- Mavzuga oid bir-ikkita hadis keltirilgan bo‘lib, ushbu bobga oid shu mazmundagi hadis yana kimlardan rivoyat qilingani ham sanab o‘tiladi. Bu orqali keyingilar uchun izlanish eshigini ochib ketganlar.
- Uzun qissa yoki voqeani ma’noga xalal bermaydigan darajada qisqartirib, kerakli joyini zikr qilganlar.
- Agar biror hadisning «illat»i yoki «iztirob»i bo‘lsa, albatta, ochiq bayon qilganlar. (Imom Buxoriy esa ochiq keltirmay, ishora qilib ketadilar)
- Roviylarning ismi, kunyasi, laqabini to‘liq keltirib, chalkashlikni oldini olganlar. Ayrim o‘rinlarda shogird ustozidan eshitgan yoki eshitmagani masalasiga ham to‘xtalganlar.
- Kitobning tartibi juda oson. Har bir hadisning mazmunidan va uning matnidan foydalanib boblarga sarlavha tanlangan. Shu bois, sarlavha orqali hadisni topish yoki uning umumiy mazmunidan xabardor bo‘lish mumkin.
- «Sunan»ning muhim xususiyatlaridan biri shuki, keltirilgan barcha hadislar qaysidir faqih tomonidan qabul qilingan va amalga kiritilgan. (bundan ikkitagina hadis istisno)
- Ba’zi olimlar uni «Sahihayn»dan keyinga o‘ringa qo‘yadilar. (Imom Zahabiy, Hoji Xalifa)
- Hadis ilmi fiqh ilmi bilan uyg‘unlashgani uchun uni mutolaa qilish va o‘rganish juda ko‘plab manfaatlar keltiradi.545
Imom Termiziy rivoyat qilgan tahorat fazilati haqidagi hadis: روهطلا لضف يف ءاج ام باب
انثدنحو ح سننأ ننب كنلام انثدنح زازنقلا ىنسيع ننب ننعم انثدح يراصنلأا ىسوم نب قاحسإ انثدح ] 2 [
اذإ« :ملنسو هنيلع الله ىلص الله لوسر لاق لاق ةريره يبأ نع هيبأ نع حلاص يبأ نب ليهس نع كلام نع ةبيتق رنخآ عنم وأ ءانملا عم هينيعب اهيلإ رظن ةئيطخ لك ههجو نم تجرخ ههجو لسغف نمؤملا وأ ملسملا دبعلا أضوت ءانملا رنطق رنخآ عم وأ ءاملا عم هادي اهتشطب ةئيطخ لك هيدي نم تجرخ هيدي لسغ اذإو اذه وحن وأ ءاملا رطق
.»بونذلا نم ايقن جرخي ىتح ةريره يبأ نع هيبأ نع ليهس نع كلام ثيدح وهو .حيحص نسح ثيدح اذه ىسيع وبأ لاق
دنبع اولانقف همنسا ينف فنلتخا ةرنيره ونبأو ناونكذ همنساو نامنسلا حلانص ونبأ ونه ليهس دلاو حلاص وبأو
ننع بانبلا ينفو ىنسيع ونبأ لانق .حنصلأا ونهو ليعامنسإ ننب دنمحم لانق اذنكهو ورمع نب الله دبع اولاقو سمش
.ورمع نب الله دبعو ناملسو ةسبع نب ورمعو يحبانصلاو نابوثو نافع نب نامثع همنساو ملنسو هنيلع الله ىلنص الله لونسر نم عامس هل سيل قيدصلا ركب يبأ نع ىور يذلا يحبانصلاو
ملسو هيلع الله ىلص يبنلا ضبقف ملسو هيلع الله ىلص يبنلا ىلإ لحر الله دبع ابأ ىنكيو ةليسع نب نمحرلا دبع بحانص ينسمحلأا رنسعلأا ننب حباننصلاو . ثيداحأ ملسو هيلع الله ىلص يبنلا نع ىور دقو قيرطلا يف وهو ينإ لوقي ملسو هيلع الله ىلص يبنلا تعمس لاق هثيدح امنإو اضيأ يحبانصلا هل لاقي ملسو هيلع الله ىلص يبنلا
.يدعب نلتقت لاف مملأا مكب رثاكم
Tahoratning fazilati haqida kelgan hadis bobi
(2) Bizga Is’hoq ibn Muso al-Ansoriy hadis aytdi. U bizga Ma’n ibn Iso al-Qaffoz hadis aytdi, dedi. U bizga Molik ibn Anas hadis aytdi, dedi. Tahvil:546 Bizga Qutayba hadis aytdi. U Molikdan, u esa Suhayl ibn Abu Solihdan, u esa u esa otasidan, u esa Abu Hurayra raziyallohu anhudan (hadis aytgan). U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar, degan: «Muslim yoki mo‘min banda qachon tahorat qilib, yuzini yuvsa, suv bilan birga yoki oxirgi qatrasi bilan birga yoxud shunga o‘xshashda uning yuzidan ikki ko‘zi ila nazar solgan har bir xatoliklari chiqib ketadi. Qachon ikki qo‘lini yuvsa, suv bilan birga yoki suvning oxirgi qatrasi bilan birga uning ikkala qo‘lidan qo‘llari ila ushlagan barcha xatoliklari chiqib ketadi. Hatto u gunohlardan pok holda chiqadi».
Abu Iso: «Bu hasan-sahih hadisdir!» deydi. U Molikning Suhayldan, u esa o‘z otasidan, u esa Abu Hurayra raziyallohu anhudan (rivoyat qilgan) hadisidir. Abu Solih Suhaylning otasi, u Abu Solih – Sammon (Yog‘furush). Uning ismi Zakvondir. Abu Hurayraning ismi borasida har xil fikrlar bor. Abdushams ham deganlar, Abdulloh ibn Amr ham deganlar. Muhammad ibn Ismoil (al-Buxoriy) xuddi shunday degan bo‘lib, shunisi to‘g‘riroq. Abu Iso: «Bu bobda Usmon ibn Affon raziyallohu anhu, Savbon raziyallohu anhu, as-Sunobihiy raziyallohu anhu, Amr ibn Abasa raziyallohu anhu, Salmon raziyallohu anhu, Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhudan (rivoyat qilingan hadislar) mavjud.
As-Sunobihiy degan zot Abu Bakr as-Siddiq raziyallohu anhudan rivoyat qilgan bo‘lib, uning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (hadis) eshitgani aniq emas. Uning ismi Abdurahmon ibn Usayla bo‘lib, Abu Abdulloh deb kunyalangan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borayotib, yo‘ldaligida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlar. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar rivoyat qilgan. As-Sunobih ibn al-A’sar al-Ahmasiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobasidir. Uni ham as-Sunobihiy deyiladi. Bir hadisida: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim, degan: «Sizlar bilan ummatimning ko‘pligi ila faxrlanaman! Mendan keyin (farzandlaringizni) hargiz o‘ldira ko‘rmanglar!»547
Bu hadisni Imom Termiziy ikkita shayxlari – Is’hoq ibn Muso al- Ansoriy va Qutayba ibn Saiddan eshitganlar. Hadis matnini keltirgach, uning darajasini «Bu hasan-sahih hadisdir!» deya aytib ketyaptilar.
Roviy Suhaylning otasi Abu Solih ekan. Kunyasidan tashqari ismini Zakvon, kasbi Sammon (Yog‘furush) ekanini bildirib o‘tyaptilar. Sahoba Abu Hurayraning ismi haqida qarashlar ko‘p bo‘lib, Imom Buxoriyga ko‘ra Abdulloh ibn Amr ekani, o‘zlarining nazdlarida ham shu to‘g‘riligiga ishora qilyaptilar. Yana «Tahoratning fazilati» haqida Abu Hurayra raziyallohu anhudan tashqari ko‘plab sahobalardan ham hadis mavjud ekan.
Faqat sahobalardan as-Sunobihiy degan zotning ikkita ismdoshlari ham borligi, ularni bu kishiga adashtirib yubormaslik uchun, alohida ismlari va hadis rivoyat qilgan yoki qilmaganini bayon qilib o‘tmoqdalar.
Xulosa o‘rnida aytamizki, Imom Termiziy Alloh taoloning bu ummatga ato qilgan qimmatbaho xazinasidir. U kishining hadis va hadis ilmlariga qilgan xizmatlarini munosib baholash; qoldirgan asarlarini o‘qib-o‘rganish, hadislarini sharhlash hamda hayotga tatbiq etmoq har bir vatandoshimizning burchidir!
Nilufar Saidakbarova,
Toshkent islom instituti
«Hadis va islom tarixi» kafedrasi o‘qituvchisi, Xalqaro islom akademiyasi 2-kurs magistranti
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
- Sunani Termiziy (Izzuddin Dolliy, Imod Toyyar va Yosir Hasan tahqiqi asosida). – Bayrut: ar-Risola, 2020. 1488 b.
- Shamsiddin Zahabiy. Tazkirot al-huffoz. 2-jild. – Xaydarobod. Majlis doirat al-ma’orif an-nizomiyya, 1915. 1403 b.
- Habib ar-Rohman Xoyr Obodiy. Miskush shaziy sharh Jomi’ at- Termiziy. 1-J. Hiro buk depot Devband. 2012. 528 b.
- Nuriddin Itr. Al-imam at-Termiziy va al-muvazanatu jomi’ihi va bayna sahihayn. Dimashq: Dor al-basoir, 2014. – 576 b.
- Sayyid Abdulmojid G‘ovriy. Mu’jamul-mustalahotul-hadisiya. – Damashq: Doru ibn Kasir, 2012. – 893 b.
- Aminov H. Ismoilov M. Abiev H. Abdullaev B. «Sunani Termiziy sharhi». 2-J. Toshkent: Irfonnashr. 2021. 396 b.
7. عوضوم – يذمرتلا ننس باتك- mawdoo3.com
542 Sunani Termiziy (Izzuddin Dolliy, Imod Toyyar va Yosir Hasan tahqiqi asosida). – Bayrut: ar- Risola, 2020. – B. 27.
543 Shamsiddin Zahabiy. Tazkirot al-huffoz. 2-jild. – Xaydarobod. Majlis doirat al-ma’orif an- nizomiyya, 1915. – B.
544 عوضوم – يذمرتلا ننس باتك – mawdoo3.com
545 Aminov H. Ismoilov M. Abiev H. Abdullaev B. «Sunani Termiziy sharhi» . 1-J. Toshkent: Irfonnashr. 2021. B – 327-332.
546 Agar hadisning ikki yoki undan ko‘p sanadi bo‘lishi. Sayyid Abdulmojid al-G‘ovriy. Mo‘jam al- mustalohot al-hadisiyya. Dimashq: Dor Ibn Kasir. 2012. B – 214 (893 b)
547 Aminov H. Ismoilov M. Abiev H. Abdullaev B. «Sunani Termiziy sharhi» . 2-J. Toshkent: Irfonnashr. 2021. B – 21-23. (396)