
#Taqdimot
📚YANGI NASHR TABRIGI!
✅Imom Termiziy markazida professor Saypulla Tursunov bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi

📅Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Termiz davlat universiteti, tarix fanlari doktori, professor Saypulla Narzullaevich Tursunov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuv davomida professor Saypulla Tursunov Markaz katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov bilan hamkorlikda nashr etgan “Termiziylar hayoti va ijodi: diniy va dunyoviy maslaklari” hamda “Hadis ilmi asoschilaridan Imom Termiziy va Termiziy allomalar” nomli kitoblar haqida ilmiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida mazkur asarlarning ilmiy-amaliy ahamiyati, ulardagi manbalar tahlili, xalqimiz va yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni hamda Termiziylar ilmiy merosini o‘rganishdagi yangi yondashuvlar haqida fikr almashildi.

📚Uchrashuv yakunida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniev mehmonga Markaz tomonidan yaqinda nashr etilgan kitob va risolalar to‘plamini esdalik sifatida taqdim etdi.
