TERMIZLIK MASHHUR MUFASSIRLAR

by Matbuot xizmati
21 👁️

Annotatsiya. Ma’lumki, Termizlik mashhur mufassirlar o‘z davrida ham, bugungi kunda ham Islom dunyosi miqyosidagi ulkan shaxsiyat sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Bularning asarlari hech qachon dolzarbligini yo‘qotmaydi. Shu o‘rinda savol tug‘iladiki, ushbu asarlar tafsir yo‘nali- shining  qaysi  turiga  kiradi?  Ushbu  maqola  Termizlik  mashhur  mufas-sirlarning ulkan ilmiy salohiyatini manbalarga asoslangan holda namoyon qilishga qaratiladi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur allomalarning asarlari o‘z yurtida yozilgan bo‘lib o‘sha paytdagi ko‘p ulamolar e’tirof etganlar.

Kalit so‘zlar: Qur’on, Tafsir, Hadis, Sunan, qiroat, tilovat, ta’lim, fazoil, naqliy, aqliy, aqida, tasavvuf, fiqhiy, mazhab, kabir, sag‘ir.

Abstract. It is known that the famous commentators of Termez are recognized as great personalities in the Islamic world both in their time and today. Their works never lose their relevance. At this point, the question arises, which type of interpretation direction do these works belong to? This article is aimed at demonstrating the great scientific potential of the famous commentators of Termez based on sources. As it turns out, the works of these scholars were written in their homeland and were recognized by many scholars of that time.

Keywords: Quran, Tafsir, Hadith, Sunan, reading, recitation, education, virtue, narration, intellect, belief, Sufism, jurisprudence, school of thought, great, saghir.

Darhaqiqat Islom dinining asosiy manbai hisoblangan Qur’oni karim o‘zida barcha ilmu ma’rifatlarni jamlagan. Qur’oni karimni o‘qish, anglash undagi ma’nolarni bilish kishining baxtu saodatiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu muqaddas kitobni tushunish uchun oyatlarni tafsir qilish borasida yurtimizdagi termizlik mufassirlar alohida o‘rin tutadi.

Muhaqqiq mufassirlarning keltirishicha Qur’oni karimni tafsir qilish bir necha yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ular quyidagilardan iboratdir.

– Qur’oni karimni lug‘aviy tafsir qilish. Bunday tafsirlarda Qur’onning tiliga, nahviy jihatlariga ahamiyat beriladi. Bunga Vohidiyning «Bosit», Abu Hayyonning «Al-bahrul-muhit» asarlari misol bo‘lib oladi.

–Qur’oni karimni aqliy tafsir qilish. Bunda hukamo va muhaq- qiqlarning hikmatli so‘zlari asosida oyatlarni sharhlashga e’tibor qara- tiladi. Bunga Faxruddin ar-Roziyning «Mafotihul-g‘ayb» tafsirin kel- tirish mumkin.

–Qur’oni karimni fiqhiy tafsir qilish. Bu turdagi tafsirlarda ko‘p- roq fiqhiy hukmlarning manbalariga va dalillariga ahamiyat qaratiladi. Bunga Imom Qurtubiyning «Al-jomi’u li ahkamil-Qur’an» nomli tafsi- rini misol qilib keltirish mumkin.

–Qur’oni karimni tarixiy voqealar asosida tafsir qilish. Bu tur taf- sir sohiblari asosan Qur’ondagi avval o‘tgan ummatlarning qissalariga, ma’lumotlariga e’tibor qaratadilar. Bunga As-Sa’labiy va Al-Xozin tafsirlarini misol qilib keltirish mumkin bo‘ladi.

–Qur’oni karimni firqa va aqidalarga ko‘ra tafsir qilish. Bunday tafsirlarni turli firqalar va farqli aqidalar sohiblari Allohning kalomini o‘z mazhablariga mos ravishda ta’vil etishga harakat qilishgan. Bunga Rammoniy, Jaboiy, Zamaxshariyning tafsirlari kiradi.

–Qur’oni karimni tasavvufiy tafsir qilish. Bunga tafsir sohiblari targ‘ib va tarhibga, botiniy sirlar va ramziy ishoralarni ochishga jiddu jahd qiladi. Bunga Ibn Arabiy, Abu Abdurahmon as-Salmiylar taf- sirlarini keltirish mumkin.

–Qur’oni karimni naqliy tafsir qilish. Bu turdagi tafsirlarda oyati karima avvalo Kitobning boshqa bir o‘rinda mufassalroq kelgan oyat bilan sharhlanadi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari, sahoba roziyallohu anhumlar hamda tobeinlarning so‘zlari bilan tafsir qilinadi. Bular eng mashhur tafsirlar sanaladi. Naqliy tafsirlarga Abu Lays Samarqandiyning «Bahr ul-ulum», Hakim Termiziyning «Bahrut- tafsir», Ibn Kasirning «Tafsirul Qur’anil-aziym», Suyutiyning «Ad- durul mansur» tafsirlarini misol qilib keltirish mumkin.

IMOM ABU ISO MUHAMMAD TERMIZIY

Imom Abu Iso Muhammad Termiziy o‘zining «al-Jomi’ al-kabir» asarida Janobi rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorib bo‘lgan, Qur’oni karimga tegishli bo‘lgan hadislarni keltiradi. Unda Qur’oni karimga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni uchta kitobda bayon qiladilar. Birinchi kitob; «Kitobul-fazoilul-Qur’on», («Qur’on fazilatlari kito- bi»). Bu kitobda sura va oyatlarning o‘qish vaqtlari va fazilatlari hamda suralarning o‘ziga xos sirlari bayon qilingan. Masalan: «Fotiha», «Baqara» va «Oyatul-kursiy», «Baqara» surasining oxirgi ikki oyati, «Baqara» va «Oli Imron», «Isro», «Kahf», «Sajda», «Yosin», «Ar-Rahmon», «Duxon», «Mulk»,

«Zulzilat», «Kofirun», «Ixlos», «Falaq» va «Nos» suralarining o‘qish vaqtlari, fazilatlari hamda sirlari bayon etilgan.

Ikkinchi kitob; «Kitobul-qiroat» («Qiroat kitobi»). Bu kitobda Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayrim suralarni qanday qiroat qilganlari haqida hadislarni keltiradi. Qur’oni karim yetti harfda nozil bo‘lgani haqida rivoyatlarni bayon qilingan.

Uchinchi kitob; «Kitobut-tafsirul-Qur’on», («Qur’on tafsiri kito- bi»). Bu kitobda ayrim oyatlarning tafsirlari haqida hadislar keltiriladi. Jumladan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Namozni O‘zim bilan bandam orasida ikkiga taqsimladim. Bandamga so‘ragan narsasi bo‘lsin», dedi. Qachon  banda:  «Alhamdu  lillahi  robbil  ‘olamiyn»,  desa,  Alloh  taolo:

«Bandam menga hamd aytdi», deydi. Qachon banda: «Ar-rohmanir rohiym», desa,   Alloh   taolo:   «Bandam  menga  sano   aytdi»,  deydi.   Qachon  banda:

«Maaliki yavmiddiyn», desa, Alloh taolo: «Bandam meni ulug‘ladi», deydi. Qachon banda: «Iyyaaka na’budu va iyyaaka nasta’iyn» desa, Alloh taolo: «Bu Men va bandam orasidagi narsa, bandamga so‘ragan narsasi bo‘lsin», deydi. Qachon banda: «Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotol- laziyna an’amta alayhim g‘oril mag‘dzubi ‘alayhim valadzdzoool-liiyn», desa, «Bu Men va bandam orasidagi narsa, bandamga so‘ragan narsasi bo‘lsin», deydi», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

ABU ABDULLOH MUHAMMAD HAKIM TERMIZIY

Muhammad Hakim Termiziy Qur’oni karimni yodlab, uni o‘qib tushunish va tafsir qilishdek buyuk darajalarga yetishganlar. Islom olamida juda kam sonli olimlar ham qori ham mufassir bo‘lishgan. Muhammad Hakim Termiziyning qalamlariga mansub Qur’on ilmlari turli jabhalarini o‘z ichiga olgan quyidagi asarlarni keltirish mumkin.

  1. «Bahr at-tafsir» («Tafsir dengizi»).
    1. «Tahsilu    nazoir    al-Qur’on»     («Qur’onning    serma’no    so‘zlarini anglash»).
    1. «al-Amsal     minal-Kitobi       vas-Sunna»,    («Kitob    va   Sunnatdagi masallar»).
    1. «Mushkil al-Qur’on», («Qur’onning nozik jihatlari»).

E’tiborga sazovor jihati shuki, mana shu uch asar Qur’on ilmlari tarkibiga kiruvchi uch yo‘nalishni qamrab oladi1692. Shuning uchun mazkur asarlar haqida ozgina tushunchalar berib o‘tamiz.

  1. «Bahr at-tafsir» («Tafsir dengizi»). Bu tafsir eng buyuk tafsir- lardan sanalib Qur’on ilmlarini ko‘plab jihatlarini o‘z ichiga olgan. Mual-lifning ushbu asari «Fotiha» surasining to‘liq tafsirini o‘z ichiga olib, «Baqara» surasining yarimigacha borgan. Tafsir qilishda Qur’oni

1692 Termiziylar tafsir maktabi. Jo‘rabek Cho‘tmatov. Termiz «Ilm 21» nashriyoti. 2024 yil.

karim oyat-lari ma’nolarini boshqa oyatlar va hadisi shariflar yordamida tafsir qi-lishgan.

  • «Tahsilu nazoir al-Qur’on» («Qur’onning serma’no so‘zlarini anglash»). Bu asarning eng e’tiborga sazovor jihati shuki, Qur’oni karimning serma’no so‘zlarini anglatuvchi sakson bir kalimaga batafsil to‘xtalgan. Qur’on ilmlari tarkibiga kiruvchi «vujuh van-nazoir» yo‘na- lishida tuzilgan. Bu ilmiy ish muallifdan juda ulkan salohiyat talab etadi. Tadqiqotchilar Hakim Termiziyning bu asariga baho berar ekan, bu Qur’oni karim ilmlari borasida yangi bir yo‘nalishni boshlab berganini e’tirof etadilar. Bu mavzuda kitob bitganlar faqatgina lafzlarning turlicha tafsirlari haqida fikr yuritganlar. Hakim Termiziy esa, turlicha tafsir qilinsa-da, kalimaning asl tub-o‘zak ma’nosi ham mavjudligi qayd etgan. Kalimaning turlicha tafsirlari asliy tub-o‘zakdan boshlanib, unga qaytishi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan.
    • «al-Amsal minal-Kitobi vas-Sunna», («Kitob va Sunnatdagi masallar»). Bu asar Qur’oni karim ilmlarining muhim bir yo‘nalishi hisoblanadi. Insonlar Qur’oni karim ma’nolarini chuqurroq anglashlari uchun, kitobda ular tushunadigan voqe’a-hodisalar orqali misollar keltirilgan. Bu asosiy ma’noni tushunish uchun alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. Hakim Termiziy misollar keltirish haqidagi oyatlardan namunalar keltiradilar. Jumladan, «Alloh odamlarga misol- larni keltirur. Alloh har bir narsani o‘ta biluvchidir», (Nur surasi, 35- oyat), «Sizga misollar keltirmadikmi?» (Ibrohim surasi, 45-oyat), «U (Alloh) sizga o‘zingizdan misol keltirdi» (Rum surasi, 28-oyat).

«Mushkil al-Qur’on», («Qur’onning nozik jihatlari»). Buyuk mu- fassir Imom Qurtubiy o‘zining «al-Jomi’» asarida Hakim Termiziyning

«Mushkil al-Qur’on» kitobi haqida ma’lumotlar keltiradi. Ushbu asar qo‘lyozmalari haqida hozircha ma’lumotlar topilmagan bo‘lsada asar nomi ham ko‘p narsani bildiradi. Bu yo‘nalish zohirda ma’nosi bir-biriga zid yoki bir-biriga yaqin ko‘ringan oyatlarni ularga diqqat bilan nazar solish orqali orasini bog‘lash va tushuntirishni maqsad qiladi. Bu yo‘nalish Qur’onning tub mazmun mohiyatiga kirib borib, uning tub mazmun-mohiyatini ulkan salohiyat bilan anglash yo‘lidir.

ABU JA’FAR TERMIZIY

Abu Ja’far Termiziy o‘z davrida hadis va tafsir ilmiga munosib hissa qo‘shgan. Bu buyuk zabardast olim faqih, naqliy tafsir kitob-larining roviysi va jamlovchisi hisoblanadi. Alloma bu asarida tobi’iyn va taba’ tobi’inlardan hisoblangan Yahyo ibn Yamon, Nofi’ ibn Abu Nu’aym, Muslim ibn Xolib Zanjiy va Ato Xurosoniylarning Qur’oni karim tafsiriga oid bo‘lgan hadislarni ulardan ishonchli sanadlar orqali rivoyat qilib, bir kitobda jamlagan. Bu kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, u oyatlarni ma’sur, ya’ni hadislar yordamida tafsir qilishgan. Islom olamida qaysi bir allomaga tafsir roviysi nisbasi berilgan bo‘lsa, o‘sha olim tafsir ilmini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lib, unga doir hadislarni naqliy yoki kitobat shaklida jamlangan bo‘ladi. Bu holat tobi’inlar va ulardan keyingi davrlarda, ya’ni tafsir ilmlari hali to‘liq yozilmagan davrlarga to‘g‘ri keladi.

SAYYID BURHONIDDIN MUHAQQIQ TERMIZIY

Bu buyuk ustozning ma’ruzalarini shogirdlari yozib olishgan va shu asosda u zotga tegishli «Ma’orif» nomli asar yozib qoldirgan. E’tiborga sazovor jihati shuki, asarda Qur’ondagi «Muhammad» va «Fath» surala- rining ayrim oyatlarini tafsir qilishgan. Jumladan, «Va ta’kidki, Biz sizlarni sinaymiz, toki sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak» (Muhammad surasi, 31-oyat). Oyatlarni tafsir qilishda muallif hadislardan dalillar keltirish bilan sharhlagan. Ibodat qiluvchining bandalik qilish ixlosini bayon qilishimning sababi, ular qancha ixlos qilishsa shu qadar ulug‘lashimni bildirishdan iborat. Ularning bandalik qilishini va ibodat qilishini yaxshi ko‘raman. Ushbu so‘zlar Abu Abdulloh amr ibn Usmon «al-Makkiy»ning «Haqoiq» asaridan olingan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr ko‘p ro‘za tutgani, ko‘p namoz o‘qiganidan fazilatli bo‘lmadi. Balki, qalbida bo‘lgan ixlosi, xushu’ va sidq vositasida ustun bo‘ldi.

UMAR TERMIZIY

Buyuk So‘fiy va Mufassir naqshbandiya tariqatining namoyandasi, Umar Termiziy o‘zining davru zamonida buyuk salohiyat va iqtidor egasi bo‘lgan. Bu kishi podshoh Zohir Muhammad ibn Sa’idga bag‘ishlab «Tafsiru suratul- Ixlos» («Ixlos surasining tafsiri») nomli asar yozgan. Muallif ushbu asarida dastlab ixlos surasining dindagi o‘rni, amallarning qabul bo‘lishiga ahamiyati kabi masalalarga to‘xtalgan. Shundan so‘ng suraning tafsiriga o‘tib, oyatlarni hadislar, o‘tmish mufassirlar, tariqat arboblarining so‘zlari va tilshunoslik ilmiga tayangan holda tahlil qilganlar.

SAFAR XALIFA XONJIZAGIY

Bu buyuk tariqat namoyandasi o‘z davru zamonida yetuk olim, sohibi ka- romat bo‘lgan. Bu kishi xattotlik bilan ham shug‘ullangan. Bir necha nusxada Qur’oni karimni ko‘chirib chiqqan. Shogirdlariga dars berish maqsadida So‘fiy Allohyorning «Maslakul muttaqin» («Taqvodorlar masalalari») asarini ko‘chirib chiqqan. Bu zotning qalamlariga mansub «Qur’oni majid ma’nolar tarjimasi» mavjud bo‘lib, u qullarda saqlanmoqda.

Xonjizagiy oyatlarni asl mazmun-mohiyatini namoyon etish uchun kalimaga lug‘aviy va istilohi ma’no berishga hamda arab tilini fasohatu latofatidan foydalanishga harakat qilgan. O‘zlari mohir xattot bo‘lganlari uchun oyatlarni o‘nda chapga qaratib yozadilar. Ma’nolarini esa tepadan pastga qaratib yozadilar. Bu ilmiy ish muallifdan ulkan salohiyat, yuksak ma’rifat talab etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Termizlik ulomolar o‘z davru zamonida hadis ilmini o‘rganish boshqalarga o‘rgatish, kelajak avlodga yetkazish maqsadida kitoblar ta’lif qilish barobarida tafsir ilmini o‘zlashtirishga ham jiddu jahd qilganlar. O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, Termizlik mufassirlar qoldirgan meros, ular tomonidan bitilgan asarlar xalqimizning bebaho xazinasi sanaladi. Ushbu meroslarni o‘rganish va turli tillarga tarjima qilib dunyo musulmonlarga yetkazish o‘ta dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Chunki, musulmonlar asrlar davomida ushbu barakotli merosdan ozuqalanib kelgan.

Oyatulloh Ayniddin

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziy bo‘lib boshlig‘i, Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘qituvchisi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  • Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bishr Hakim Termiziy. Tahsilu nazoir al-Qur’on. Tarjimon va izohlar muallifi: Jo‘rabek Cho‘tmatov. Termiz. Kitob nashr nashriyoti. 2024.
  • Imom Termiziy / O‘zbekiston buyuk allomalar yurti / tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi U.Uvatov. – T.: Ma’naviyat, 2010.
  • Muhammad al-Buxoriy. Hadis. Al-Jomi’us sahih. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1995. J. III.
  • Jo‘rabek Cho‘tmatov. Termiziylar Tafsir maktabi. Termiz. Ilm 21 nashriyoti. 2024
  • Xalifa Safar Xonjizagiy. Qur’oni majid ma’nolar tarjimasi. Qulyozma.
  • Abu Ja’far Termiziy. Tafsir. Tarjimon: Umarali O‘ljaev. Termiz. Kitob nashr nashriyoti. 2024.
  • Sayyid Burhoniddin Mug‘aqqiq Termiziy. Ma’orif. Tarjimon va izohlar muallifi: K Jamahmatov. Termiz. Kitob nashr nashriyoti. 2024.
  • Imom Dorimiy. Sunani Dorimiy. / Muhammad Abdulaziz Xolidiy tahriri ostida. – Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1996. J. 2.
  • Abu Iso Termiziy. Sunani Termiziy. Ar-Riyod: Maktabatul ma’orif lin nashr vat tavzi’, (yili ko‘rsatilmagan).
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. O‘rta Osiyo olimlari qomusi. – T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma’rifiy markazi nashriyoti, 2007.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика