Professor Mehmet Emin O‘zafshar: Hakim Termiziy irfon ilmi bilimdoni

by Matbuot xizmati
78 👁️

Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjuman ishtirokchilari Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘tmishda yurtimizda yashab, islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy asarlarini tadqiq etishga qaratilayotgan yuksak e’tiborni alohida e’tirof etmoqda.

Anqara universiteti (Turkiya) professori, doktor Mehmet Emin O‘zafshar bu haqda shunday deydi:  

 Mamlakatingizda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar O‘zbekistonning islom olamidagi azaliy qadriyatlari an’anaviyligini keng namoyon etadi. Bugun Termizda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli konferensiya ham qadimda islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan termiziy allomalardan meros qolgan nodir asarlarni tadqiq etishga xizmat qilmoqda.  

Yurtingizga Hakim Termiziy va Abu Iso Muhammad Termiziyning ilmiy merosiga bag‘ishlangan anjumanda qatnashish uchun Turkiyadan bir guruh islomshunos va hadisshunos olimlar keldik.  

Hakim Termiziy XII asr avvalida yashagan ulug‘ olim. Arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir va inson psixologiyasi kabi sohalarida samarali ijod qilib, islom ta’limoti hamda irfon tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan shaxs. Uning ota-onasi ham o‘z davrining hadisshunoslaridan bo‘lgan.  

U zotning asarlari o‘z davrida ham, bizning zamonimizda ham birdek qadr-qimmatga ega muhim manbalardan biri hisoblanadi.  

Biz ana shunday mo‘’tabar zotni ulg‘aytirib, kamolga yetkazgan tuproqda tashkil etilgan anjumanda qatnashayotganimiz va ulug‘ termiziylar mangu qo‘nim topgan go‘shani ziyorat qilganimizdan behad mamnunmiz. Anjumanda turkiyalik islomshunos olimlar ham Imom Termiziy va Hakim Termiziyning ilmiy meroslari haqida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etayotganidan quvonchimiz cheksiz. Xalqaro anjumanni tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga va anjumanni yuksak saviyada o‘tkazishga bosh bo‘lgan mutasaddilarga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.  

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика