✅ Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

by Matbuot xizmati
78 👁️

🔰Bugun Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

⏺️Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo’limi boshlig’i Sarvar Saidov, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

🎙 Tadbir davomida jaholatning jamiyatga solayotgan salbiy ta’siri, uni faqat ilm, tafakkur va ma’rifat vositasida yengish mumkinligi ta’kidlandi. Ma’rifat – bu nur, jaholat esa zulmat ekanligi, nur esa doimo zulmatni yengib kelgani haqida ibratli misollar asosida fikrlar bildirildi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика