Axborot texnologiyalar va multimedia bolimi zamonaviy axborot-kommunikatsiyalardan unumli foydalangan holda ajdodlarimizning ma’naviy merosini keng ommaga targ’ib qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Bo’lim xodimlari tomonidan Imom Termiziy, Termiziylar va Movarounnahrlik mutafakkirlarning hayoti hamda boy ma’naviy merosiga oid maqola, video, audio, infografika materiallar Markazning termiziy.uz va ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirib boriladi. Shu bilan birga bugungi kundagi turli ixtiloflar va radikalizmni oldini olish maqsadida ilmiy xodimlar bilan birgalikda raddiya yo’nalishida video, audio, buklet va tarqatma materiallar tayyorlab borilmoqda.
Hozirgi kunda bo’limda barcha imkoniyat va shart-sharoitlarga ega bo’lgan alohida media studiya faoliyat yuritmoqda.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
Markazdagi kompyuter texnikasi, lokal tarmoqlar, serverlar va boshqa texnik vositalarning doimiy ishlashini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularni yangilash va ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida takomillashtirish;
Internet va ichki tarmoq infratuzilmasini nazorat qilish, xavfsizlikni ta’minlash hamda uzluksiz ishlashini yo‘lga qo‘yish;
Rasmiy veb-saytni texnik jihatdan yangilab borish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati, markaz yangiliklari va tadbirlarini aks ettiruvchi foto, video, infografika, audio materiallar tayyorlash;
Kompyuterlar va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlab, ular bilan ta’minlash, nosozliklarni bartaraf etish;
Elektron ma’lumotlar bazalari va saqlash tizimlarining xavfsizligini ta’minlash;
Xodimlarni axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish, texnik ko‘mak ko‘rsatish;
Multimediyaviy mahsulotlar – video, audio kontent tayyorlash va montaj qilish;

Bo’lim boshlig’i
Anvarov Shohzamon Muzafar o’g’li
Telefon: (93) 769-04-21
Email: info@shokhzamon.com
