Xalqaro aloqalar va ziyorat turizimini rivojlantirish bo‘limi faoliyati
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaga oid Qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlariga, yuqori tashkilotning buyruqlariga, soha bilan bog‘liq yo‘riqnomalarga, shuningdek Markaz Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iktisodiy aloqalar, investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshka vazirliklar xamda davlat qo‘mitalar nazoratidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy aloqalarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
Xalqaro aloqalar va ziyorat turizimini rivojlantirish bo‘limi vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli hujjatlarida belgilangan va boshqa tashkilotlar tavsiyalarida aks etgan hamda chet el safarlariga yuboriladigan Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazining vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqadi va muvofiqlashtiradi.
Markazning professor va olimlari hamda ilmiy xodimlarini seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni Markazning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda tashkil qiladi.
Markazning professor va olimlari hamda ilmiy xodimlari uchun seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar Markazning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.
Markazning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini tayorlaydi va ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va tavsiyalar beradi.
O‘zbekistonning chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy elchixonalar va xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, milliy madaniyat markazlari, vakilliklar, diniy konfessiyalar bilan hamkorlikda, markaz faoliyat doirasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, ilmiy seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishga ko‘maklashadi.
Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanlovini Markaz professor va olimlari, ilmiy xodimlariga tavsiya etadi.
Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlar to‘playdi va Markaz bo‘limlariga bildiradi.
Markazda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, sempoziumlar, ilmiy seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlar haqida xorijiy tillarda Markaz veb saytiga ma’lumotlar berib boradi.
Markazga kelib tushgan chet tillardagi xat va ma’lumotlarni tarjima qiladi.


Kichik ilmiy hodim
Jo’rayeva Dilnoza Bakhadirovna
Telefon: (93) 813-82-51
Email: angel13-2017@list.ru