Termiziylar merosi malayziyalik olimlar hamkorligida o‘rganiladi

by Matbuot xizmati
69 👁️

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari–viloyat turizm boshqarmasi rahbari Jo‘rabek To‘rayev boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatiga safar qilib, Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “AITEX” Osiyo ziyorat turizmi va savdo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Delegatsiya a’zolari safar doirasida Malayziyadagi Qirolicha Raja Zarit Sofiya nomidagi Islom tadqiqotlari markazi rahbari, doktor Mohd Hilmi Bin Ramli bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari–¬viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori vazifasini bajaruvchi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffarxon Joniyev vohaning turistik salohiyati, islom sivilizatsiyasidagi o‘rni va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy faoliyati, buyuk allomalar merosini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan izlanishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Prezidentimiz qarori bilan joriy yilning oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlashga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida fikr almashdi.

Qirolicha Raja Zarit Sofiya nomidagi Islom tadqiqotlari markazi rahbari, doktor Mohd Hilmi Bin Ramli delegatsiya a’zolarini markaz faoliyati, kutubxonasi, talaba va tadqiqotchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

–Malayziyaliklarning yurtimizga xususan, termiziy allomalar hayoti va boy ilmiy merosiga qiziqishi bizda katta taassurot uyg‘otdi,¬–deydi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori vazifasini bajaruvchi Muzaffarxon Joniyev.¬ –Bu dargohda malayziyalik olimlar va ilmiy tadqiqotchilarning Hakim Termiziy, Iso Termiziy singari buyuk ajdodlarimiz haqidagi ilmiy ishlari, o‘z tillariga o‘girilgan asarlari bilan yaqindan tanishdik. O‘zaro fikr almashdik. Shu yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ulug‘ muhandis Iso Termiziyning 1200 yillik yubileylariga taklif etdik.

Uchrashuvda seminar va konferensiyalar tashkil etish, Hakim Termiziyning ilmiy merosi va qo‘lyozmalarini o‘rganish yuzasidan hamkorlikda tadqiqot ishlari olib borishga kelishilib, memorandum imzolandi.  

Viloyat hokimi o‘rinbosari–¬viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayevning xabar berishicha, surxondaryoliklarning Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi huzuridagi Malayziya turizm markazi direktori vazifasini bajaruvchi Siti Nur Baizura binti Moxtar bilan uchrashuvi ham qiziqarli muloqotlarga boy bo‘ldi.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика