Al Hakim at-Termiziyning Qur’on sharhiga bag‘ishlangan ilk asari topildi va nashr etildi

by Matbuot xizmati
202 👁️

Tasavvuf va tafsir ilmi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan qomusiy olim Al Hakim at-Termiziyning Qur’on sharhiga bag‘ishlangan ilk asari bugungacha “yo‘qolgan” deb kelinar edi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jo‘rabek Cho‘tmatovning izlanishlari samarasi o‘laroq ushbu asar qo‘lyozmasi Turkiyaning Burdur shahridan topildi va u nashrga tayyorlandi.

Dunyo tadqiqotchilari e’tiboriga havola etish maqsadida asar arab tilida Istanbul shahridagi “Dor al-kutub-arabiyya” nashriyotida “Bahr at-tafsir” (“Tafsir ummoni”) nomi bilan chop etildi. Asarni o‘zbek tilida ham nashr etish ko‘zda tutilgan.  

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика