✅Viloyatimiz faollari “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi

by Matbuot xizmati
223 👁️

🇺🇿Yurtimizda davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan barcha hududlarda keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilib kelayotgan, jamiyatda diniy mutaassiblashuv, radikallashish, yot g‘oyalar hamda internet orqali tarqatilayotgan mafkuraviy xavf-xatarlarning oldini olishda faol ishtirok etayotgan bir qator faollar munosib taqdirlandi.

🔰Viloyat hokimining farmoyishiga muvofiq, qator fidoyi insonlar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandilar. Ular orasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati va ilmiy xodimlari, mahalla faollari,  huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bor.

⏺️  Ushbu taqdirlash faollarimizga katta ma’naviy rag‘bat va kelgusidagi faoliyatida yanada yangi marralarni zabt etishlariga turtki bo‘ladi.

✅Faxriy yorliq bilan taqdirlangan barcha vohadoshlarimizni samimiy muborakbod etaymiz!

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика