“Begonaga ketma-ket tashlangan ikkinchi nazar haqida”

by Matbuot xizmati
72 👁️

Buyuk Termiziy hikmatlari

(Payg‘ambar alayhissalom) “Begonaga ikki qayta nazar tashlashdan qaytardilar”.

Kuz doimo ochiq holda yaratilganligi bois uning nazari qalb xohlamasa ham barcha narsalarga tushib turadi. Zero, qarash ko‘zning ishidir. Ana shu nazar, ya’ni to‘satdan ko‘z tushishi senga gunoh emasdir. Chunki bu halol bo‘lsin, harom bo‘lsin sening irodangsiz, sening xohishingsiz yuz berdi. Bu nazar inson tabiatida yaratilgan bo‘lib, u orqali qalb narsalarni his qiladi. Bunday lahzada qalb biror narsani iroda qilib ko‘zni ishga tushirsa, ko‘z tikilayotgan narsa harom bo‘lsa, bunday qarashdan ko‘zni yumish vojib bo‘ladi. Birinchi nazarku beixtiyor bo‘lgani uchun gunoh bo‘lmas, ammo qayta nazardan ham ko‘zini tiymagan banda zarar ko‘radi, gunohkor bo‘ladi. Ilk qaraganda gunoh yozilmay turishi beixtiyor, to‘satdan yuz bergani uchundir.

Hakim Termiziyning «Qaytarilgan amallar» («Al-Manhiyyot») asaridan

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика