
Boysun tumanida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish” mavzusida tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Din ishlari bo‘yicha viloyat bosh mutaxassisi X.Mengnorov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari K.Jamahmatov hamda mahalliy targ‘ibotchilar ishtirok etib, dolzarb mavzularda fikr almashdilar.
So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni va xotin-qizlarni yot g‘oya va buzg‘unchi ta’sirlardan himoya qilish, milliy kiyinish madaniyatini targ‘ib etish, internet tarmoqlaridan oqilona foydalanish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
