Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

by Admin
1.3K 👁️

🔰Uzun tumanida “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzusida targ‘ibot tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbirda viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari, shuningdek, tuman hokimligi mas’ul xodimlari hamda mahalliy faollar ishtirok etdilar.
🎙 Tadbir davomida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Karomiddin Jamahmatov tomonidan fuqarolarining vijdon erkinligini taʼminlash, dinlar oʻrtasidagi bagʻrikenglikni mustahkamlash va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
✔️ Tadbir yakunida ishtirokchilar diniy e’tiqod va vijdon erkinligi, turli oqimlarga nisbatan ongli yondashuv hamda davlatning bu boradagi siyosiy yondashuvi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика